INGLIZ TILIDA YOZISH KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISHDA KOMMUNIKATIV YONDASHUVNING AHAMIYATI
Mualliflar
Qaratayeva Nilufar Faxridin qizi
Annotatsiya
Mazkur maqolada ingliz tilida yozish ko`nikmasini rivojlantirishda kommunikativ yondashuvning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Bugungi kunda chet tillarini o`qitishda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, yozish ko`nikmasi talabalarning fikrlarini aniq, mantiqiy va mazmunli ifodalashida muhim rol o`ynaydi. Maqolada kommunikativ yondashuvning mazmun-mohiyati, uning yozma nutqni rivojlantirishdagi o`rni hamda zamonaviy ta`lim jarayonida qo`llanilish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, kommunikativ metodlarning talabalarning yozma kompetensiyasini shakllantirishdagi samaradorligi ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan.
Kalit soʻzlar:
kommunikativ yondashuv, yozish ko‘nikmasi, ingliz tili, kommunikativ kompetensiya, yozma nutq, akademik yozuv, interaktiv metodlar, chet tili metodikasi, til o‘qitish, kompetensiyaviy yondashuv.