Mualliflar
O. O. Bozarov, J. N. Usmonov, N. A. Kozimjonov, E.A. Goipov
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda past bosimli va ochiq kanalli gidrologik manbalar sharoitida faoliyat ko`rsatuvchi mikro gidroelektr stansiyalar (mikro GES) uchun gidroenergetik suv g`ildiraklarining geometrik va ekspluatatsion parametrlarini optimallashtirish masalasi raqamli modellashtirish asosida tadqiq etilgan. Ishchi g`ildirak diametri, kuraklar soni hamda ularning oqimga nisbatan joylashish burchaklarining turbina foydali ish koeffitsiyentiga (FIK) ta`siri fundamental gidrodinamika qonuniyatlari asosida tahlil qilindi. COMSOL Multiphysics dasturiy majmuasi yordamida ikki fazali (suv va havo) muhit uchun Navye-Stoks tenglamalari Level Set usuli bilan birgalikda integratsiya qilingan holda yechildi. Aniqlangan maqbul geometrik ko`rsatkichlar va dinamik bosim hamda kuch momentlarining vaqt bo`yicha taqsimoti grafik va jadvallar ko`rinishida umumlashtirildi. Olingan natijalar mikro gidroenergetik qurilmalarning energetik samaradorligini va gidrodinamik barqarorligini oshirishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.