Mualliflar
Maxkamov Madaminjon Komilovich, Komilov Shohnurbek Madaminjon oʻgʻli, Maxkamova Sharifaxon Yanvarovna
Annotatsiya
Ushbu maqolada murakkab tizimlarda algoritmik qaror qabul qilish jarayonini takomillashtirish muammosi stoxastik graf modeli va sun`iy intellekt asosidagi optimallashtirish yondashuvlari orqali tadqiq etiladi. Tadqiqotda G = (V, E, W, P) stoxastik graf modeli asosida tizim elementlari, ularning o`zaro bog`liqliklari, xarajat va ehtimollik parametrlari birgalikda modellashtirilib, ko`p mezonli maqsad funksiyasi sifatida F(x) = αC(x) − βR(x) shakli qo`llaniladi. Taklif etilgan gibrid optimallashtirish algoritmi an`anaviy Dijkstra algoritmi va mustahkamlovchi o`rganish (Reinforcement Learning) usullarini birlashtiradi. Simulyatsion tajribalarda 50 dan 1000 tugunga ega bo`lgan tizimlar uchun qaror qabul qilish tezligi o`rtacha 44,6% ga oshganligi, ishonchlilik ko`rsatkichi esa 0,71 dan 0,93 ga yetganligi aniqlandi. Natijalar taklif etilgan yondashuv murakkab tizimlarda qaror qabul qilish samaradorligini statistik jihatdan sezilarli darajada oshirishini tasdiqlaydi.