`Ta`lim jarayonida IT yechimlari orqali dual ta`limni raqamlashtirish va ishlab chiqarish amaliyoti bilan uzviy bog`lanishning xalqaro tajribasi` mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy online konferensiya

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA DIFFERENSIAL TA’LIMGA TAYYORLASHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI

Mualliflar

Rasulova Nozigul Abdivahid qizi


Annotatsiya
Maqolada bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilarini ona tili va o`qish savodxonligi darslarida differensial ta`limga tayyorlashning ilmiy-metodik asoslari o`rganilgan. L.S.Vygotskiy, C.A.Tomlinson, L.S.Shulman, V.D.Shadrikov va Fuchs kabi xorijiy olimlarning yondashuvlari K.Qosimova – S.Matchonov klassik metodikasi hamda G.A.Xolboyevaning milliy-ma`naviy integratsiya konsepsiyasi bilan uyg`unlashtirilgan. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan to`rt bosqichli metodik tizim, diagnostika vositalari (MKT, dars loyihalash rubrikasi, pedagogik vaziyat case-study) va besh asosiy printsipga asoslangan integratsion model differensial yondashuv malakalarini shakllantirishda samarali ekanligi ko`rsatilgan.
Kalit soʻzlar:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, ona tili va o‘qish savodxonligi, differensial ta’lim, ilmiy-metodik asoslar, Tomlinson DI, Shulman PCK, V.D.Shadrikov, MKT (Metodik Kompetensiya Testi).