TA’LIM JARAYONIDA IT YECHIMLARI ORQALI DUAL TA’LIMNI RAQAMLASHTIRISH VA ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI BILAN UZVIY BOG‘LANISHNING XALQARO TAJRIBASI
Mualliflar
Burxonidinova Odinaxon Salohiddin qizi
Annotatsiya
Mazkur maqolada ta`lim jarayonida IT yechimlari asosida dual ta`lim tizimini raqamlashtirishning samaradorligi, boshqaruv mexanizmlari hamda kompetensiyalarni shakllantirishdagi o`rni tahlil qilinadi. Xususan, raqamli boshqaruv, ta`limni boshqarish tizimlari va analitik vositalar orqali dual ta`lim jarayonini optimallashtirish masalalari yoritiladi. Shuningdek, ishlab chiqarish amaliyoti bilan integratsiyani kuchaytirishda zamonaviy IT texnologiyalarining amaliy qo`llanilishi ko`rib chiqiladi. Xalqaro tajriba asosida dual ta`lim tizimida samaradorlik ko`rsatkichlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo`llari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari raqamli transformatsiya sharoitida ta`lim sifatini oshirish va mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit soʻzlar:
Dual ta’lim, raqamli boshqaruv, IT yechimlar, kompetensiya, ta’lim texnologiyalari, ishlab chiqarish amaliyoti, integratsiya, learning analytics, raqamli platforma, innovatsiya, kasbiy ta’lim, samaradorlik indikatorlari