Annotatsiya
Ushbu maqolada yoshlar orasida uchrayotgan zo`ravonlik muammosining ijtimoiy-pedagogik va psixologik jihatlari tahlil qilingan. O`quvchi yoshlarning zo`ravonlikka qarshi psixologik immunitetini shakllantirishning nazariy asoslari ochib berilgan hamda mahalla, oila va maktabning o`zaro hamkorligiga asoslangan kompleks model taklif etilgan. Maqolada o`quvchi yoshlar tarbiyasida ijtimoiy institutlarning o`rni, psixologik barqarorlikni rivojlantirish omillari va zo`ravonlik profilaktikasining samarali mexanizmlari yoritilgan hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.