Annotatsiya
Ushbu maqolada o`quvchi-yoshlar o`rtasida zo`ravonlikning oldini olish, ularda zo`ravonlikka qarshi ijtimoiy, huquqiy, ma`naviy va psixologik immunitetni shakllantirishda mahalla, oila va maktab hamkorligining ahamiyati tahlil qilinadi. Bugungi globallashuv va raqamli axborot muhiti sharoitida yoshlar turli salbiy ta`sirlar, kiberzo`ravonlik, agressiv xulq-atvor, tengdoshlar bosimi va oilaviy muammolar bilan yuzma - yuzkel moqda. Shu sababli zo`ravonlikning oldini olish faqat jazolash yoki nazorat qilish bilan emas, balki profilaktika, tarbiya, psixologik qo`llab - quvvatlash, huquqiy savodxonlik va sog`lom ijtimoiy muhit yaratish orqali amalga oshirilishi lozim. Maqolada mavjud muammolar, ularning sabablari hamda mahalla–oila–maktab hamkorligi asosidagi amaliy yechimlar yoritilgan.