IJTIMOIY XAVFSIZ MUHIT YARATISHDA MAHALLA, TA’LIM MUASSASALARI VA OTA-ONALAR HAMKORLIGINING PROFILAKTIK AHAMIYATI
Mualliflar
Xudayberdiyev Mirolim Iskandar o‘g‘li
Annotatsiya
Mazkur maqolada ijtimoiy xavfsiz muhitni shakllantirishda mahalla, ta`lim muassasalari va ota-onalar hamkorligining profilaktik ahamiyati ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilingan. Yoshlarni turli salbiy ta`sirlardan himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish, ma`naviy-axloqiy tarbiyani kuchaytirish hamda sog`lom ijtimoiy muhitni yaratishda ushbu institutlarning o`zaro hamkorligi muhim omil sifatida yoritilgan. Shuningdek, hamkorlikning mavjud holati, muammolari va ularni bartaraf etish yo`llari bo`yicha ilmiy xulosalar bayon etilgan.
Kalit soʻzlar:
ijtimoiy xavfsiz muhit, mahalla, ta’lim muassasasi, ota-onalar, profilaktika, hamkorlik, yoshlar tarbiyasi, huquqbuzarliklarning oldini olish, ma’naviy tarbiya, ijtimoiy nazorat.