MAHALLA–OILA–MAKTAB HAMKORLIGI ASOSIDA O‘QUVCHI-YOSHLARDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH VA EKOLOGIK MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI
Mualliflar
Yusupova Sabrina Dilshod qizi
Annotatsiya
Mazkur maqolada mahalla, oila va maktab hamkorligi asosida o`quvchi-yoshlarda ekologik ong, ekologik madaniyat va atrof-muhitga mas`uliyatli munosabatni shakllantirish masalalari yoritiladi. Bugungi kunda ekologik muammolarning kuchayib borishi yosh avlodda tabiatni asrash, resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni kamaytirish va sog`lom ekologik muhitni saqlashga doir bilim va ko`nikmalarni rivojlantirishni talab etmoqda. Maqolada ekologik tarbiyani samarali tashkil etishda maktab ta`limi, oilaviy tarbiya hamda mahalla institutining o`zaro hamkorligi muhim omil sifatida tahlil qilinadi. Shuningdek, o`quvchi-yoshlarda ekologik muammolarni anglash, ularning oldini olish va bartaraf etishda amaliy faoliyat, targ`ibot ishlari, ekologik tadbirlar va jamoatchilik nazoratining ahamiyati asoslab beriladi.
Kalit soʻzlar:
mahalla, oila, maktab, ekologik tarbiya, ekologik madaniyat, o‘quvchi-yoshlar, atrof-muhit, ekologik muammo, hamkorlik, ijtimoiy mas’uliyat.