RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA DASTURIY INJINIRING TALABALARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
Mualliflar
Xaitbayeva Durdona Zokirjon qizi
Annotatsiya
Raqamli ta`lim texnologiyalari asosida dasturiy injiniring yo`nalishi talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Zamonaviy oliy ta`lim tizimida dasturiy ta`minot muhandislarini tayyorlash jarayonida raqamli platformalar, virtual laboratoriyalar, loyiha asosida o`qitish va interaktiv ta`lim vositalaridan foydalanishning pedagogik ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, raqamli ta`lim muhitining talabalarda dasturlash ko`nikmalari, algoritmik fikrlash, jamoada ishlash, mustaqil ta`lim olish va muammolarni yechish kompetensiyalarini shakllantirishdagi o`rni asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari raqamli ta`lim texnologiyalarini o`quv jarayoniga integratsiyalash dasturiy injiniring talabalarining kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirishning muhim omillaridan biri ekanligini ko`rsatadi.
Kalit soʻzlar:
raqamli ta’lim texnologiyalari, dasturiy injiniring, kasbiy kompetensiya, dasturiy ta’minot muhandisi, raqamli platforma, virtual laboratoriya, loyiha asosida o‘qitish, interaktiv ta’lim, oliy ta’lim, dasturlash.