`Inklyuziv ta`lim: dialog, tahlil, tajriba` mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman

EKOLOGIK TA’LIM-TARBIYA VOSITASIDA MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARDA HAYOT XAVFSIZLIGI MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH

Mualliflar

Muratova Munavvar O'rol qizi


Annotatsiya
Mazkur maqolada maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ekologik ta`lim-tarbiya vositasida hayot xavfsizligi madaniyatini shakllantirishning pedagogik ahamiyati yoritilgan. Bolalarda tabiatga ongli munosabatni rivojlantirish, ekologik xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilishga mas`uliyatli munosabatni tarkib toptirish hamda ekologik xavfli vaziyatlarda to`g`ri xatti-harakatlarni shakllantirishning mazmuni tahlil qilingan. Shuningdek, ekologik ta`lim jarayonida kuzatish, tajriba, amaliy faoliyat va o`yin texnologiyalaridan foydalanish orqali bolalarning ekologik bilimlari, amaliy ko`nikmalari va hayot xavfsizligi madaniyatini rivojlantirishning samarali usullari asoslab berilgan.
Kalit soʻzlar:
ekologik ta’lim-tarbiya, hayot xavfsizligi madaniyati, ekologik xavfsizlik, maktabgacha katta yoshdagi bolalar, ekologik tarbiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatga ongli munosabat, xavfsiz xulq-atvor, ekologik kompetensiya, pedagogik texnologiyalar, amaliy ko‘nikmalar, barqaror rivojlanish.