`Umumiy o`rta ta`lim muassasalarida ijtimoiy-emotsional ta`lim metodikalarini joriy etish: muammolar va yеchimlar` mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman

MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARDA JAMOAT JOYLARIDA XAVFSIZLIK XULQ-ATVOR KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Mualliflar

Muratova Munavvar O‘rol qizi


Annotatsiya
Mazkur maqolada maktabgacha katta yoshdagi bolalarda jamoat joylarida xavfsiz xulq-atvor ko`nikmalarini shakllantirishning pedagogik asoslari yoritilgan. Bolalarni notanish shaxslar bilan xavfsiz muloqot qilishga o`rgatish, maxfiy (parol) so`zlardan foydalanish, xavfli vaziyatlarni oldindan baholash, rolli va didaktik o`yinlar, trening mashg`ulotlari hamda ota-onalar bilan hamkorlik orqali hayot xavfsizligi ko`nikmalarini rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, bolalarda mustaqil qaror qabul qilish, `yo`q` deb ayta olish va favqulodda vaziyatlarda to`g`ri harakat qilish kompetensiyalarini shakllantirish bo`yicha pedagogik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit soʻzlar:
maktabgacha ta'lim, hayot xavfsizligi, jamoat joylari, xavfsiz xulq-atvor, notanish shaxs, maxfiy so‘z, pedagogik yondashuv, didaktik o‘yin, trening.