`Yashil iqtisodiyot sharoitida iqtisodiyot va buxgalteriya hisobining dolzarb muammolari va ularning yechimlari` mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya

QISHLOQ XO‘JALIGIDA TEXNIK-TEXNOLOGIK SALOHIYATDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI BAHOLASH VA PROGNOZLASHNING EKONOMETRIK YONDASHUVLARI

Mualliflar

Turg‘unova Gulchexra Tulkinovna


Annotatsiya
Maqolada qishloq xo`jaligida texnik-texnologik salohiyatdan foydalanish samaradorligini baholash va prognozlashning zamonaviy ekonometrik yondashuvlari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida Andijon viloyati fermer xo`jaliklari misolida texnik-texnologik salohiyatga ta`sir etuvchi omillar DEA (Data Envelopment Analysis), Cobb–Douglas ishlab chiqarish funksiyasi, Tobit regressiyasi hamda ARIMA prognoz modeli asosida baholangan. Olingan natijalar texnik vositalardan foydalanish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish va texnik modernizatsiya jarayonlarini jadallashtirishning ustuvor yo`nalishlarini aniqlash imkonini berdi. Tadqiqot yakunida qishloq xo`jaligida texnik-texnologik salohiyatni rivojlantirish, lizing mexanizmlarini takomillashtirish hamda innovatsion agrotexnologiyalarni keng joriy etishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Kalit soʻzlar:
qishloq xo‘jaligi, texnik-texnologik salohiyat, ekonometrik modellar, DEA modeli, Cobb–Douglas modeli, Tobit regressiyasi, ARIMA modeli, texnik samaradorlik, prognozlash, innovatsiyalar.