TA’LIM JARAYONIDA KOPERATIV O‘QITISH TEXNOLOGIYALARINING METODIK AHAMIYATI VA INTELLEKTUAL KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARI
Mualliflar
Xojiyev Dilmurod Baxodirovich
Annotatsiya
Zamonaviy ta`lim tizimida o`quvchilarning mustaqil fikrlashi, muammoli vaziyatlarni tahlil qila olishi, jamoada samarali ishlashi hamda intellektual faoliyatga tayyorligini rivojlantirish ustuvor pedagogik vazifalardan biri sifatida qaralmoqda. Globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida an`anaviy reproduktiv o`qitish modeli o`rnini o`quvchini faol subyekt sifatida namoyon etishga xizmat qiluvchi innovatsion pedagogik texnologiyalar egallamoqda. Shu nuqtai nazardan koperativ o`qitish texnologiyalari ta`lim jarayonini demokratlashtirish, o`quvchilar o`rtasida hamkorlik muhitini shakllantirish va intellektual kompetensiyalarni rivojlantirishning samarali vositalaridan biri hisoblanadi.
Kalit soʻzlar:
koperativ o‘qitish, intellektual kompetensiyalar, raqamli ta’lim muhiti, kognitiv faollik, hamkorlik texnologiyalari, interaktiv ta’lim, pedagogik mexanizmlar