`Akademik litseylarda raqamli ta`lim texnologiyalari, sun`iy intellektni joriy etish: innovatsiyalar, muammolar va istiqbollar` mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman

REKLAMA DISKURSIDA AUDITORIYANING FAOL ISHTIROKI VA UNING LINGVISTIK TALQINI

Mualliflar

Qahhorova Guliston Abdug’affor qizi


Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy reklama diskursining kommunikativ-pragmatik xususiyatlari hamda auditoriyaning reklama kommunikatsiyasidagi o`rni tahlil qilinadi. Reklama matni ommaviy kommunikatsiyaning muhim tarkibiy qismi sifatida ko`rib chiqilib, uning auditoriyaga ta`sir ko`rsatish mexanizmlari lingvistik nuqtayi nazardan yoritiladi. Tadqiqotda reklama diskursining shakllanishida auditoriyaning faol ishtiroki, Erving Goffman, Allan Bell, Meinhof, Richardson va Cotter tomonidan ilgari surilgan nazariy yondashuvlar asosida izohlanadi. Shuningdek, reklama matnining maqsadli auditoriyaga moslashtirilishi, `audience design` tamoyili, kommunikativ rollar hamda madaniy kodlarning reklama mazmunini shakllantirishdagi ahamiyati tahlil etiladi.
Kalit soʻzlar:
reklama diskursi, reklama matni, auditoriya, kommunikativ-pragmatik yondashuv, audience design, madaniy kodlar, ommaviy kommunikatsiya, media diskursi, kopirayter, persuaziv strategiyalar, lingvistik tahlil, internet reklamasi.