`Akademik litseylarda raqamli ta`lim texnologiyalari, sun`iy intellektni joriy etish: innovatsiyalar, muammolar va istiqbollar` mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman

INGLIZ TILI TA’LIMIDA GENERATIV SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYASI ASOSIDA KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYANI TAKOMILLASHTIRISHNING INNOVATSION METODIKASI

Mualliflar

Aziza Suvankulova


Annotatsiya
Mazkur maqolada ingliz tili ta`limida generativ sun`iy intellekt vositalaridan foydalanish orqali nofilologik yo`nalish talabalari kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirishning innovatsion metodikasi yoritilgan. Olib borilgan tadqiqot ishida sun`iy intellekt texnologiyalarining didaktik imkoniyatlari tahlil qilinib, ChatGPT generativ sun`iy intellekt vositasidan foydalanishga asoslangan o`qitish modeli tavsiya etilgan. Metodika kommunikativ yondashuv, kompetensiyaviy yondashuv hamda raqamli pedagogika tamoyillariga asoslanib ishlab chiqilgan bo`lib, talabalarning tinglab tushunish, gapirish, o`qish va yozish kabi nutq faoliyati ko`nikmalarini, lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik va strategik kabi sub-kompetensiyalarini integrallashgan holda takomillashtirishga xizmat qiladi. Tajriba-sinov ishlari natijalari generativ sun`iy intellekt vositalarining ta`lim jarayoniga maqsadli integratsiyasi talabalarning kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirishda samarali ekanligini ko`rsatdi.
Kalit soʻzlar:
generativ sun’iy intellekt, kommunikativ kompetensiya, sub-kompetensiya, ingliz tili ta’limi, ChatGPT, innovatsion metodika, raqamli pedagogika.

Adabiyotlar roʻyxati
1. Hymes, D. H. On Communicative Competence // Sociolinguistics: Selected Readings / Eds. J. B. Pride, J. Holmes. – Harmondsworth: Penguin Books, 1972. – P. 269–293.
2. Papert, S. Mindstorms: Children, Computers, and Powerful Ideas. – New York: Basic Books, 1980. – 252 p.
3. Canale, M., Swain, M. Theoretical Bases of Communicative Approaches to Second Language Teaching and Testing // Applied Linguistics. – 1980. – Vol. 1, No. 1. – P. 1–47.
4. Dörnyei, Z. Motivational Strategies in the Language Classroom. – Cambridge: Cambridge University Press, 2001. – 155 p.
5. Chomsky, N. Aspects of the Theory of Syntax. – Cambridge, MA: MIT Press, 1965. – 251 p.
6. Schön, D. A. The Reflective Practitioner: How Professionals Think in Action. – New York: Basic Books, 1983. – 374 p.