ZO‘RAVONLIKKA UCHRAGAN AYOLLAR IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINING QIYOSIY-HUDUDIY TAHLILI
Mualliflar
Eshankulova Irodaxon Avazxanovna
Annotatsiya
Mazkur maqolada zo`ravonlikka uchragan ayollarning zo`ravonlikka uchrash darajasi yosh ko`rsatkichlari bo`yicha Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlari misolida qiyosiy tahlil qilingan. So`rovnoma asosida zo`ravonlik turlari, psixologik holat, oilaviy munosabatlar va yosh xususiyatlari o`rganildi. Natijalar psixologik yordam hamda profilaktika ishlarini takomillashtirish, hududiy xususiyatlarni hisobga olgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun asos bo`lib xizmat qiladi.
Kalit soʻzlar:
zo‘ravonlik, ayollar, ijtimoiy-psixologik xususiyatlar, hududiy tahlil, oilaviy munosabatlar, psixologik holat, jismoniy zo‘ravonlik, psixologik zo‘ravonlik, iqtisodiy zo‘ravonlik, jinsiy zo‘ravonlik.