IQTIDORLI YOSHLAR INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISHDA INTEGRATSIYALASHGAN STRATEGIK BOSHQARUV TIZIMINING AHAMIYATI (“PREZIDENT IQTIDORLI FARZANDLARI” TASHABBUSI MISOLIDA)
Mualliflar
Khasanova Charosoy Shuxrat qizi
Annotatsiya
Zamonaviy iqtisodiyotda mamlakatlar raqobatbardoshligi intellektual salohiyat bilan belgilanmoqda, inson kapitalining eng istiqbolli qatlami esa iqtidorli yoshlardir. Bu yo`nalishda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-86-son Farmoni bilan yo`lga qo`yilgan `Prezident iqtidorli farzandlari` tashabbusi alohida o`rin tutadi: u iqtidorli yoshlar bilan ishlashning butun zanjirini, saralashdan bitiruvchilar hamjamiyatgacha, yagona hujjat doirasida tartibga soladi. Tashabbus endigina joriy etilayotgan hozirgi bosqichda uning integratsiyalashgan boshqaruv arxitekturasini ilmiy jihatdan tahlil qilish alohida dolzarblik kasb etadi: tizim shakllanish pallasida ekan, uning kuchli va zaif jihatlarini erta aniqlash keyingi bosqichlarda samaradorlikni belgilaydi.
Kalit soʻzlar:
ta’lim menejmenti, inson kapitali, iqtidorli yoshlar, strategik boshqaruv, integratsiyalashgan boshqaruv tizimi, strukturaviy va funksional integratsiya.