SUN’IY INTELLEKTGA NISBATAN HISSIY QARAMLIKNING PSIXOLOGIK MAZMUNI VA ILMIY-NAZARIY YONDASHUVLARI
Mualliflar
Oqmurzayev Dilshod Jo‘raqul o‘g‘li
Annotatsiya
Jahonning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta`lim muassasalarida sun`iy intellekt texnologiyalarining shaxs psixologiyasi, emotsional farovonligi, motivatsiyasi, ijtimoiy munosabatlari hamda xulq-atvoriga ta`sirini o`rganishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Zamonaviy tadqiqotlarda sun`iy intellekt bilan doimiy muloqot qilish natijasida ayrim foydalanuvchilarda texnologiyaga nisbatan ishonchning ortishi, hissiy tayanch sifatida qabul qilinishi, yolg`izlik hissining vaqtinchalik kamayishi, biroq real ijtimoiy munosabatlarga ehtiyojning pasayishi va emotsional qaramlikning kuchayishi kuzatilayotgani ta`kidlanmoqda.
Kalit soʻzlar:
sun’iy intellect, hissiy qo‘llab-quvvatlash, texnologik imkoniyat