`Inklyuziv ta`lim: dialog, tahlil, tajriba` mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman

KORPORATIV BOSHQARUV MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHDA AKADEMIK ETIKA VA KORPORATIV QADRIYATLARNING O‘RNI

Mualliflar

Ulugov Zafar Atakulovich


Annotatsiya
Ushbu maqolada oliy ta`lim muassasalarida korporativ boshqaruv madaniyatini rivojlantirishda akademik etika va korporativ qadriyatlarning o`rni tahlil qilingan. Akademik halollik, shaffoflik, mas`uliyat, adolat, hurmat, ochiq kommunikatsiya va jamoaviy hamkorlik oliy ta`lim boshqaruvining muhim qadriyatlari sifatida asoslangan. Tadqiqotda akademik etika korporativ boshqaruv madaniyatining aksiologik asosi, korporativ qadriyatlar esa universitet jamoasini umumiy missiya atrofida birlashtiruvchi institutsional mexanizm sifatida talqin qilingan. Maqolada akademik etika va korporativ qadriyatlarni boshqaruv amaliyotiga integratsiya qilish yo`nalishlari taklif etilgan.
Kalit soʻzlar:
akademik etika, korporativ qadriyatlar, korporativ boshqaruv madaniyati, oliy ta’lim, akademik halollik, shaffoflik, boshqaruv etikasi