`Mahalla-oila-maktab hamkorligi asosida o`quvchi-yoshlarda zo`ravonlikka qarshi immunitetni shakllantirish: muammo va yechimlar` mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman

TALABALARNING IJODIY KOMPETENTLIGINI EVRISTIK METODLAR VA IJODIY TA’LIM MUHITI ORQALI RIVOJLANTIRISH

Mualliflar

Abdullayeva Irodaxon Xayrulla qizi


Annotatsiya
Zamonaviy oliy ta`lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri talabani tayyor bilimlar bilan qurollantirish emas, balki unda yangilik yarata olish, nostandart vaziyatda mustaqil qaror qabul qilish va o`ziga xos yechim taklif eta bilish qobiliyatini shakllantirishdir. O`zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi `Ta`lim to`g`risida`gi O`RQ-637-son Qonunida ta`lim shaxsning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirishga yo`naltirilganligi belgilab qo`yilgan. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan oliy ta`lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida esa o`quv jarayoniga innovatsion metodlarni joriy etish, talabalarning tanqidiy va ijodiy fikrlashini rivojlantirish ustuvor yo`nalishlardan biri sifatida ko`rsatilgan. Shu bois talabalarning ijodiy kompetentligini rivojlantirish masalasi bugungi pedagogika fanining dolzarb muammolaridan biriga aylandi.
Kalit soʻzlar: