`Raqamli ta`lim sharoitida o`quvchilarda axloqiy ong va kiberxafsizlik madaniyatini shakllantirish: muammo va yechimlar` mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA QATTIQ JISMLAR FIZIKASIGA OID MAVZULARNI O‘QITISHDA “ VIZUAL-MODELLASHTIRISH VA TAJRIBAVIY INTEGRATSIYA” TAMOYILINI QO‘LLASH METODIKASI

Mualliflar

Xushvaqtov O‘ral Norqobilovich


Annotatsiya
Mazkur maqolada umumiy o`rta ta`lim maktablarida qattiq jismlar fizikasiga oid mavzularni o`qitishda vizual-modellashtirish va tajribaviy integratsiya tamoyilini qo`llashning didaktik hamda metodik asoslari tahlil qilingan. Qattiq jismlar fizikasi bo`yicha kristall va amorf jismlar, moddaning solishtirma erish issiqligi, erish va qotish jarayonlari kabi mavzularni o`qitishda vizual modellar, fizik modellar, raqamli simulyatsiyalar va laboratoriya tajribalarini o`zaro integratsiyalash orqali o`quvchilarning ilmiy tushunchalarini shakllantirish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, vizual-modellashtirishning o`quvchilarning fazoviy tasavvuri, mantiqiy fikrlashi va fizik hodisalarning mohiyatini anglashiga ta`siri asoslab berilgan. Tadqiqot natijalariga ko`ra, vizual modellarni real va virtual tajribalar bilan uyg`unlashtirish qattiq jismlar fizikasiga oid mavzularni o`zlashtirish samaradorligini oshirish, o`quvchilarning bilish faolligi hamda tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qilishi aniqlangan.
Kalit soʻzlar:
qattiq jismlar fizikasi, vizual-modellashtirish, tajribaviy integratsiya, didaktik tamoyil, fizika o‘qitish metodikasi, umumiy o‘rta ta’lim maktabi, kristall va amorf jismlar, erish va qotish, laboratoriya tajribasi, virtual laboratoriya.