`Ta`lim jarayonida IT yechimlari orqali dual ta`limni raqamlashtirish va ishlab chiqarish amaliyoti bilan uzviy bog`lanishning xalqaro tajribasi` mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy online konferensiya

XORIJIY ILMIY STAJIROVKA JARAYONLARINI RAQAMLASHTIRISH SAMARADORLIGINI AS-IS VA TO-BE HOLATLARI BO‘YICHA KO‘P MEZONLI BAHOLASH MODELI

Mualliflar

Tojiyev S.A


Annotatsiya
Maqolada xorijiy ilmiy stajirovka jarayonlarini raqamlashtirish samaradorligini AS-IS va TO-BE holatlari bo`yicha ko`p mezonli baholash modeli ishlab chiqiladi. Model jarayon vaqtini, faol inson mehnatini, qayta ishlash ulushini, takroriy ma`lumot kiritishni, avtomatlashtirish darajasini, kuzatuvchanlikni va ma`lumotlar sifatini yagona baholash konturida birlashtiradi. Turli yo`nalishdagi ko`rsatkichlar [0,1] oraliqqa normallashtiriladi va vaznlangan integral samaradorlik indeksiga keltiriladi; kamayishi ijobiy va oshishi ijobiy bo`lgan mezonlar uchun alohida normallashtirish qo`llanadi. Integral natijaning vaznlarga bog`liqligi sababli sensitivity analysis majburiy bosqich sifatida ko`riladi. Amaliy AS-IS/TO-BE baholarda yetti asosiy operatsiya bo`yicha jami faol vaqt 660 daqiqadan 65 daqiqagacha, qog`oz sarfi 250 varaqdan 50 varaqqa kamaygani va tashkilotlararo transport xarajati 2 mln so`mdan 0 so`mga tushgani qayd etilgan. Ushbu qiymatlar tanlanma hajmi ko`rsatilmagan amaliy o`rtacha baholar bo`lgani uchun deskriptiv natija sifatida talqin qilinadi.
Kalit soʻzlar:
AS-IS; TO-BE; samaradorlik; ko‘p mezonli baholash; cycle time; active labor; traceability; data quality; integral indeks.