Annotatsiya
Maqolada xorijiy ilmiy stajirovkalarni boshqarishga mo`ljallangan integrativ axborot tizimining ko`p qatlamli funksional arxitekturasi va konseptual ma`lumotlar modeli ishlab chiqiladi. Arxitektura foydalanuvchi taqdimoti, identifikatsiya va vakolat, workflow, predmet servislar, intellektual tahlil, integratsiya, ma`lumotlar hamda analitika qatlamlariga ajratiladi. Ma`lumotlar modelida ariza markaziy agregat sifatida qabul qilinib, nomzod, tashkilot, tanlov, ariza versiyasi, hujjat, texnik ekspertiza, ilmiy ekspertiza, qaror, shartnoma, stajirovka, hisobot va audit obyektlari referensial munosabatlar bilan bog`lanadi. Versiyalash va audit orqali ariza–ekspertiza–qaror–shartnoma–hisobot zanjirining traceability xususiyati ta`minlanadi. Arxitektura konkret dasturlash tili yoki ma`lumotlar bazasi mahsulotiga qattiq bog`lanmaydi; predmet invariantlari – holat o`tishi, vakolat, normativ RuleSet, versiya, SI-assistentning cheklangan roli va audit – serverdagi yagona biznes-logika orqali boshqariladi. Natija integrativ modelni real dasturiy muhitga izchil transformatsiya qilish imkonini beradi.