`Raqamli ta`lim sharoitida o`quvchilarda axloqiy ong va kiberxafsizlik madaniyatini shakllantirish: muammo va yechimlar` mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman

XUSUSIY OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TALABALARNING IJTIMOIY MUNOSABATLARINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI

Mualliflar

Abdurazoqov Yusufbek Turg’un o’g’li


Annotatsiya
Mazkur maqolada xususiy oliy ta`lim muassasalarida talabalarning ijtimoiy munosabatlarini rivojlantirishga ta`sir etuvchi psixologik omillar tahlil qilingan. Talabalarning shaxslararo munosabatlari, muloqotga kirishuvchanligi, ijtimoiy moslashuvi, hamkorlik qobiliyati, empatiya, o`zaro ishonch va guruhdagi psixologik muhit kabi omillarning ijtimoiy munosabatlar shakllanishidagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, xususiy oliy ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonining o`ziga xos xususiyatlari, talabalar o`rtasidagi hamkorlik va kommunikativ jarayonlarning ijtimoiy munosabatlar rivojiga ta`siri ko`rib chiqilgan. Tadqiqot doirasida talabalarning ijtimoiy munosabatlarini rivojlantirishda individual-psixologik xususiyatlar, ijtimoiy-psixologik moslashuv, kommunikativ kompetentlik va guruhiy o`zaro ta`sirning o`rni asoslab berilgan. Maqolada talabalarda ijobiy ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan psixologik yondashuvlar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit soʻzlar:
talaba, ijtimoiy munosabatlar, psixologik omillar, shaxslararo munosabatlar, ijtimoiy moslashuv, muloqot, kommunikativ kompetentlik, empatiya, o‘zaro ishonch, hamkorlik, guruhiy munosabatlar, ijtimoiy faollik, psixologik muhit, shaxs xususiyatlari, ijtimoiy-psixologik moslashuv, oliy ta’lim, xususiy oliy ta’lim muassasalari