`Ta`limda sun`iy intellektdan foydalanishning dolzarb masalalari` xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TIZIMLARNI QO‘LLASHNING SAMARADORLIGI

Mualliflar

B.R. Adizov, Sh.X. Samiyeva


Annotatsiya
Ta`limni boshqarish tizimlari (Learning Management System – LMS) zamonaviy raqamli ta`lim muhitida o`quv jarayonlarini tashkil etish va boshqarishning muhim vositasiga aylangan. Ushbu tezisda ta`lim jarayonlarini raqamlashtirish hamda ta`lim platformalarini diversifikatsiyalash masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda xalqaro amaliyotda keng qo`llanilayotgan Moodle va Canvas LMS tizimlarining funksional imkoniyatlari, ta`lim sifati va samaradorligini oshirishdagi o`rni hamda o`ziga xos jihatlari qiyosiy tahlil asosida o`rganilgan. Moodle platformasining konstruktivistik ta`lim muhitini shakllantirish, kurslarni moslashuvchan boshqarish va o`quv faoliyatini monitoring qilishdagi afzalliklari, Canvas tizimining esa bulutli arxitekturasi, intuitiv interfeysi va mobil integratsiyadagi yuqori samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko`ra, LMS platformalarini sun`iy intellekt texnologiyalari bilan integratsiya qilish o`quv jarayonlarini individuallashtirish, ta`lim sifatini optimallashtirish hamda boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qilishi asoslab berilgan
Kalit soʻzlar:
raqamli ta’lim, LMS, Moodle, Canvas, diversifikatsiya, bulutli texnologiyalar, ta’lim sifati, monitoring, pedagogik dizayn.