SUN'IY INTELLEKT ASOSIDA STRATEGIK TA'LIM BOSHQARUVINI RIVOJLANTIRISH
Mualliflar
Baxronov Diyorbek Davronovich
Annotatsiya
Ushbu maqola sun`iy intellekt (SI) texnologiyalari asosida strategik ta`lim boshqaruvini rivojlantirishning texnik va tashkiliy asoslarini o`rganishga bag`ishlangan. Maqolada ta`lim muassasalarida SI asosidagi boshqaruv tizimlarini arxitekturasi, ma`lumotlar oqimlarini integratsiya qilish modellari va qaror qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Muhandislik nuqtai nazaridan ta`lim boshqaruvida SI tizimlarini ishlab chiqish va joriy etishning texnik talablari hamda O`zDJTU huzuridagi markaz uchun ishlab chiqilgan prototip yechimlar taqdim etiladi. Tadqiqot natijalari ta`lim muassasalari rahbarlari va IT mutaxassislari uchun SI asosidagi boshqaruv tizimlarini qurish bo`yicha amaliy yo`riqnoma vazifasini o`taydi.
Kalit soʻzlar:
sun'iy intellekt, strategik boshqaruv, ta'lim menejmenti, ma'lumotlar tahlili, boshqaruv tizimi arxitekturasi, qarorlar qabul qilish, avtomatlashtirish, prediksion tahlil, raqamli transformatsiya, LMS integratsiya.