`Inklyuziv ta`lim: dialog, tahlil, tajriba` mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman

TA’LIM-TARBIYA SIFATIGA TA’SIR ETUVCHI JAMOATCHILIK NAZORATI OMILLARINING PEDAGOGIK-BOSHQARUV XUSUSIYATLARI

Mualliflar

Temirov Dilshod Sheraliyevich


Annotatsiya
Maqolada umumiy o`rta ta`lim maktablarida ta`lim-tarbiya sifatiga ta`sir etuvchi jamoatchilik nazorati omillari pedagogik va boshqaruv nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Huquqiy-tashkiliy asoslar, jamoatchilik subyektlarining faolligi, axborot ochiqligi, monitoring, jamoatchilik fikri, ekspertiza, qayta aloqa, boshqaruv qarorlarining sifati va ijro nazoratining ta`lim-tarbiya jarayoniga ta`siri yoritilgan. Ota-ona, mahalla, pedagogik jamoa, o`quvchilar va jamoat tashkilotlari ishtirokining bevosita hamda bilvosita ta`sir imkoniyatlari asoslangan. Jamoatchilik nazoratini ta`lim sifati, tarbiyaviy muhit, o`quvchilar xavfsizligi, ijtimoiy ishonch va boshqaruv samaradorligini o`zaro bog`laydigan kompleks boshqaruv mexanizmi sifatida tashkil etish zarurati ochib berilgan.
Kalit soʻzlar:
jamoatchilik nazorati, ta’lim-tarbiya sifati, pedagogik omillar, maktab boshqaruvi, ota-onalar ishtiroki, mahalla, monitoring, jamoatchilik fikri, ekspertiza, qayta aloqa.