MUSOFIRLIK VA SAFAR MOTIVLARINING AMERIKA VA O‘ZBEK ADABIYOTIDAGI POETIK TALQINI
Mualliflar
Atadjanova Sevara Bekmuratovna
Annotatsiya
Maqolada musofirlik va safar motivlarining poetik talqini Muqimiyning `Sayohatnoma`si va Mark Tven kitoblari materialida qiyoslanadi. Motivning mumtoz an`anadagi shakli bilan XIX asrning ikkinchi yarmidagi shakli farqlanib, o`zbek matnida musofirlik hissi ijtimoiy begonalikdan, Amerika matnida esa madaniy begonalikdan kelib chiqishi ko`rsatiladi. Ikki adabiyotda motivning harakat yo`nalishi qarama-qarshi ekani asoslanadi.
Kalit soʻzlar:
musofirlik, safar motivi, g‘urbat, hajv, sayohatchi tipologiyasi, frontir, ijtimoiy begonalik.