ISHTIROKCHILIK, SHAFFOFLIK VA HISOBDORLIK TAMOYILLARINING TA’LIM MUASSASASINI BOSHQARISHDAGI PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Mualliflar
Temirov Dilshod Sheraliyevich
Annotatsiya
Maqolada umumiy o`rta ta`lim muassasalarini boshqarishda ishtirokchilik, shaffoflik va hisobdorlik tamoyillarining pedagogik hamda boshqaruv imkoniyatlari tahlil qilingan. Ushbu tamoyillarning maktab rahbariyati, pedagogik jamoa, ota-onalar, o`quvchilar, mahalla va jamoatchilik o`rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishdagi o`rni yoritilgan. Ochiq axborot, jamoatchilik monitoringi, muhokama, qayta aloqa va boshqaruv qarorlarining ijrosini baholash orqali ta`lim-tarbiya sifatiga ta`sir ko`rsatish mexanizmlari asoslangan. Ishtirokchilikning manfaatdor tomonlarni boshqaruv jarayoniga jalb etishi, shaffoflikning axborot ochiqligini ta`minlashi, hisobdorlikning esa qaror va faoliyat uchun mas`uliyatni kuchaytirishi o`zaro bog`liq pedagogik-boshqaruv jarayoni sifatida yoritilgan.
Kalit soʻzlar:
ishtirokchilik, shaffoflik, hisobdorlik, ta’lim menejmenti, maktab boshqaruvi, jamoatchilik nazorati, ochiq axborot, jamoatchilik monitoringi, qayta aloqa, ta’lim-tarbiya sifati.