`Innovatsion yondashuvlar va pedagogik nazariya amaliyoti: ta`lim sifatini oshirish istiqbollari` mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

JAMOATCHILIK NAZORATINI TASHKIL ETISH BO‘YICHA MILLIY VA XALQARO TAJRIBALARNING PEDAGOGIK TAHLILI

Mualliflar

Temirov Dilshod Sheraliyevich


Annotatsiya
Maqolada umumiy o`rta ta`lim muassasalarida jamoatchilik nazoratini tashkil etish bo`yicha milliy va xalqaro tajribalar pedagogik va boshqaruv nuqtai nazaridan tahlil qilingan. O`zbekiston ta`lim tizimida jamoatchilik nazoratining huquqiy asoslari, maktab, oila, mahalla, pedagogik jamoa, ota-onalar va jamoat tashkilotlari hamkorligiga tayangan shakllari yoritilgan. Xorijiy tajribada maktab boshqaruvi, hisobdorlik, manfaatdor tomonlar ishtiroki, maktab faoliyatini o`zini o`zi baholash, ochiq ma`lumotlar va raqamli qayta aloqa mexanizmlarining o`rni tahlil etilgan. Xorijiy tajribalarni milliy ta`lim tizimiga to`g`ridan-to`g`ri ko`chirishdan ko`ra ularni huquqiy, pedagogik va ijtimoiy-madaniy sharoitlarga moslashtirish zarurati asoslangan. Milliy va xalqaro yondashuvlarning uyg`unlashuvi jamoatchilik monitoringi, muhokama, ekspertiza, boshqaruv qarori, hisobdorlik va korreksiyani yagona siklda tashkil etishga xizmat qilishi ko`rsatib berilgan.
Kalit soʻzlar:
jamoatchilik nazorati, milliy tajriba, xalqaro tajriba, maktab boshqaruvi, hisobdorlik, manfaatdor tomonlar, jamoatchilik monitoringi, ochiq ma’lumotlar, raqamli qayta aloqa, ijtimoiy hamkorlik.