`Inklyuziv ta`lim: dialog, tahlil, tajriba` mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA INGLIZ TILINI O‘RGATISH JARAYONIDA NOVERBAL KOMMUNIKATSIYA VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING METODIK IMKONIYATLARI

Mualliflar

Nishonova Ra’noxon Abdullojon qizi


Annotatsiya
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o`rgatish jarayonida noverbal kommunikatsiya vositalari, xususan, imo-ishoralar, tana harakatlari, yuz ifodasi, ko`z bilan aloqa va mimikadan foydalanishning pedagogik-metodik ahamiyati yoritilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik va kognitiv xususiyatlarini hisobga olgan holda, verbal axborotni noverbal vositalar bilan uyg`unlashtirish xorijiy til materialini tushunish, o`zlashtirish va uzoq muddat xotirada saqlash imkoniyatlarini oshirishi asoslab berilgan. Maqolada imo-ishoralarning lug`at boyligini shakllantirish, tinglab tushunish, kommunikativ faollik, emotsional munosabat va ijtimoiy ko`nikmalarni rivojlantirishdagi o`rni tahlil qilinadi. Shuningdek, Total Physical Response (TPR), imo-ishoralar asosida hikoyalash, didaktik o`yinlar, qo`shiq va harakatli mashqlar kabi metodlardan foydalanish imkoniyatlari ko`rib chiqiladi. Mavzuga oid ilmiy qarashlar asosida maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ingliz tilini o`qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit soʻzlar:
maktabgacha ta’lim, ingliz tili, imo-ishora, tana tili, noverbal kommunikatsiya, kommunikativ kompetensiya, Total Physical Response, mimika, harakatli mashqlar, til o‘rganish.