Annotatsiya
Mazkur maqolada turizm ta`limi vositasida talabalarda ma`naviy-axloqiy va madaniyatlararo kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasi ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilingan. Maqolada kompetentlikni rivojlantirishning maqsadi, bosqichlari, pedagogik shart-sharoitlari, metodlari, vositalari va baholash mezonlari yoritilgan. Turizm ta`limida qadriyatli vaziyatlar, madaniy meros obyektlari, gidlik faoliyati, xizmat ko`rsatish etikasi, madaniyatlararo dialog, keys-stadi, loyiha metodi, raqamli resurslar va refleksiv portfolio asosida talabalar kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi taklif etilgan.