Annotatsiya
XX asrning 30-yillari o`zbek adabiyoti tarixida murakkab va ziddiyatli davrlardan biri hisoblanadi. Mazkur davrda ijtimoiy-siyosiy hayotdagi keskin o`zgarishlar adabiyot va san`at rivojiga ham bevosita ta`sir ko`rsatdi. Shunga qaramay, o`zbek adabiy jarayoni to`xtab qolmadi. Davriy matbuot sahifalarida badiiy asarlar bilan bir qatorda adabiy-tanqidiy va ilmiy-tahliliy maqolalar ham muntazam e`lon qilindi. Ana shunday nashrlardan biri `Guliston` jurnali bo`lib, uning sahifalarida o`zbek adabiyoti, mumtoz meros, zamonaviy ijodkorlar hamda jahon adabiyoti namoyandalarining ijodiga oid muhim materiallar berib borildi.