`Ta`lim jarayoni ishtirokchilarida inklyuziv madaniyatni rivojlantirish: pedagogik shart-sharoitlar va innovatsion strategiyalar` mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya

INKLYUZIV TA’LIM MUHITIDA BOLALAR ADABIYOTI VOSITASIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING ESTETIK DIDINI RIVOJLANTIRISH

Mualliflar

Il’yasova Dilshoda akmal qizi


Annotatsiya
Mazkur maqolada inklyuziv ta`lim muhitida boshlang`ich sinf o`quvchilarining estetik didini bolalar adabiyoti vositasida rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari yoritiladi. Tadqiqotda bolalar adabiyoti namunalarining o`quvchilarda go`zallikni anglash, badiiy obrazlarni idrok etish, estetik baholash va ijodiy munosabatni shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, inklyuziv ta`lim sharoitida turli individual imkoniyat va ehtiyojlarga ega o`quvchilarni adabiy-badiiy faoliyatga jalb etish orqali ularning estetik qadriyatlar, empatiya, o`zaro hurmat va ijtimoiy-madaniy munosabatlarini rivojlantirish masalalariga e`tibor qaratiladi. Bolalar adabiyotidan samarali foydalanishga yo`naltirilgan pedagogik yondashuvlar estetik tarbiya va inklyuziv ta`limning o`zaro uyg`unligini ta`minlovchi muhim omil sifatida asoslanadi.
Kalit soʻzlar:
inklyuziv ta’lim, inklyuziv ta’lim muhiti, bolalar adabiyoti, boshlang‘ich ta’lim, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, estetik did, estetik tarbiya, badiiy obraz, estetik idrok, estetik qadriyatlar, empatiya, individual yondashuv, adabiy-badiiy faoliyat, pedagogik imkoniyatlar.