INKLYUZIV TA’LIMDA KITOBXONLIKNING AHAMIYATI
Mualliflar
Kamoljonova Dilfuza Xoldorovna
Annotatsiya
Ushbu maqolada inklyuziv ta`lim sharoitida kitobxonlikning o`quvchilar intellektual, ma`naviy-axloqiy va ijtimoiy rivojlanishidagi ahamiyati yoritilgan. Inklyuziv ta`lim barcha bolalarga, jumladan, alohida ta`lim ehtiyojlari bo`lgan o`quvchilarga ham teng ta`lim olish imkoniyatini yaratishni nazarda tutadi. Bunday muhitda kitobxonlik o`quvchilarning bilim olish, mustaqil fikrlash, muloqot qilish, tasavvurini kengaytirish va jamiyatga moslashish ko`nikmalarini shakllantirishning samarali vositalaridan biri hisoblanadi.
Kalit soʻzlar:
inklyuziv ta’lim, kitobxonlik, mutolaa, alohida ta’lim ehtiyojlari, o‘quvchi, pedagog, elektron kitob, audio kitob, ta’lim, bag‘rikenglik.