`Ta`lim jarayoni ishtirokchilarida inklyuziv madaniyatni rivojlantirish: pedagogik shart-sharoitlar va innovatsion strategiyalar` mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya

HUDUDIY MEHNAT RESURSLARIDAN FOYDALANISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Mualliflar

O‘roqov Mamurali Odil o‘g‘li


Annotatsiya
Mazkur tezisda hududiy mehnat resurslaridan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari, ularning hududlar kesimida shakllanishi hamda ulardan samarali foydalanishga ta`sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Mehnat resurslarining demografik tarkibi, iqtisodiy faolligi, bandlik darajasi, migratsiya jarayonlari, ishlab chiqarishning tarmoq tuzilmasi va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini belgilovchi asosiy omillar sifatida baholangan. Shuningdek, hududlar o`rtasidagi mehnat bozori nomutanosibliklarini kamaytirish, mehnat resurslarini oqilona taqsimlash hamda ularning iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan ustuvor yo`nalishlar yoritilgan. Tadqiqot natijalari hududiy bandlik siyosatini takomillashtirish, mehnat resurslaridan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini rivojlantirish hamda hududlarning barqaror iqtisodiy o`sishini ta`minlash bo`yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Kalit soʻzlar:
hududiy mehnat resurslari, mehnat bozori, bandlik, iqtisodiy faollik, hududiy rivojlanish, mehnat migratsiyasi, mehnat unumdorligi, inson kapitali, iqtisodiy mexanizm, hududiy nomutanosiblik, mehnat salohiyati, barqaror rivojlanish.