`Ta`lim jarayoni ishtirokchilarida inklyuziv madaniyatni rivojlantirish: pedagogik shart-sharoitlar va innovatsion strategiyalar` mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya

OILA–MAKTAB HAMKORLIGI – INKLYUZIV MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING MUHIM PEDAGOGIK SHARTI

Mualliflar

L.M. Qoraxonova


Annotatsiya
Mazkur maqolada ta`lim jarayoni ishtirokchilarida inklyuziv madaniyatni rivojlantirishning zamonaviy pedagogik imkoniyatlari, innovatsion strategiyalari hamda oila va maktab hamkorligining ahamiyati tahlil qilingan. Inklyuziv madaniyat ta`lim oluvchilarning individual xususiyatlari, qobiliyatlari, ta`lim ehtiyojlari va ijtimoiy tajribasidan qat`i nazar, ularni teng qadriyatga ega shaxs sifatida qabul qilish, o`zaro hurmat, bag`rikenglik, hamkorlik va ijtimoiy mas`uliyat tamoyillarini qaror toptirishni nazarda tutadi. Shuningdek, oila va maktabning yagona tarbiyaviy pozitsiya asosida hamkorlik qilishi, ota-onalarning inklyuziv kompetentligini oshirish, oilaviy muhitda bag`rikenglik va o`zaro hurmat qadriyatlarini mustahkamlash masalalari yoritilgan. Raqamli texnologiyalar va sun`iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanishning inklyuziv ta`limni individuallashtirishdagi ahamiyati asoslangan. Maqola yakunida ta`lim amaliyoti uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit soʻzlar:
inklyuziv ta’lim, inklyuziv madaniyat, ta’lim jarayoni ishtirokchilari, innovatsion strategiyalar, oila va maktab hamkorligi, pedagogik muhit, inklyuziv kompetentlik, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, kooperativ ta’lim, loyihaviy ta’lim, ijtimoiy-emotsional ta’lim, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, bag‘rikenglik, hamkorlik.