`Ta`lim jarayoni ishtirokchilarida inklyuziv madaniyatni rivojlantirish: pedagogik shart-sharoitlar va innovatsion strategiyalar` mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya

IJTIMOIYLASHUV DAVRIDA O‘QUVCHI YOSHLARDA INKLYUZIV MADANIYATNI SHAKILLANTIRSHDA OILA MAKTAB VA MAXALLA ҲAMKORLIGINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Mualliflar

Qulmatov Norqobil Eshmamatovich, Rizzaev Shavkatjon Rixsiboevich


Annotatsiya
Ushbu maqolada ijtimoiylashuv jarayonida o`quvchi yoshlarda inklyuziv madaniyatni shakllantirishda oila, maktab va mahalla hamkorligining pedagogik-ijtimoiy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Inklyuziv madaniyatning mazmuni, uning shaxsning ijtimoiylashuvi, bag`rikengligi, hamkorlik ko`nikmalari, inson qadr-qimmatini hurmat qilishi va turli xil ijtimoiy guruhlarga mansub tengdoshlarini qabul qilishiga ta`siri yoritilgan. Shuningdek, oila, maktab va mahalla institutlarining inklyuziv tarbiyadagi o`ziga xos funksiyalari, ular o`rtasidagi hamkorlikning tashkiliy-pedagogik mexanizmlari hamda mavjud muammolar bayon etilgan. Maqolada inklyuziv madaniyatni shakllantirishning asosiy komponentlari sifatida hamkorlik, tenglik, bag`rikenglik, ijtimoiy mas`uliyat va o`zaro qo`llab-quvvatlash tamoyillari asoslab berilgan.
Kalit soʻzlar:
ijtimoiylashuv, inklyuziya, inklyuziv madaniyat, o‘quvchi yoshlar, oila, maktab, mahalla, hamkorlik, bag‘rikenglik, ijtimoiy moslashuv, tenglik, tarbiya, ijtimoiy mas’uliyat.