Annotatsiya
Oila bolaning shaxsiy, ma`naviy va nutqiy rivojlanishini ta`minlovchi muhim ijtimoiy-tarbiyaviy muhitdir. Ota-ona va yaqin atrofdagi kishilarning xulq-atvori, muomala madaniyati hamda nutqiy namunalari bolaning ijtimoiylashuvi va kommunikativ kompetensiyasi shakllanishiga bevosita ta`sir ko`rsatadi. Shu bois bolaning nutqiy ko`nikmalari, muloqot kompetensiyasi va ma`naviy ehtiyojlarini rivojlantirishga, ayniqsa, boshlang`ich ta`lim bosqichidan tizimli e`tibor qaratish dolzarb pedagogik vazifa hisoblanadi.