YANGI O‘ZBEKISTONNI BARPO ETISH JARAYONIDA MADANIYAT MUASSASALARI FAOLIYATIDAGI O‘ZIGA XOSLIKLAR VA TRANSFORMATSION JARAYONLAR
Mualliflar
Sayfullaev Muzaffar Alisherovich
Annotatsiya
Mazkur maqolada Yangi O`zbekistonni barpo etish jarayonida madaniyat muassasalari faoliyatida yuz berayotgan tashkiliy, mazmuniy va institutsional transformatsion jarayonlar tahlil qilinadi. 2017-yildan boshlangan islohotlar doirasida madaniyat va san`at sohasini boshqarish tizimining takomillashuvi, madaniyat markazlari, `O`zbekkonsert` davlat muassasasi, bolalar musiqa va san`at maktablari hamda ijodiy to`garaklar faoliyatidagi o`zgarishlar yoritiladi. Shuningdek, madaniyat muassasalarining jamiyat ijtimoiy-ma`naviy barqarorligini ta`minlash, milliy o`zlikni anglash, yoshlarning estetik va ma`naviy dunyoqarashini shakllantirishdagi o`rni ochib beriladi. Maqolada sohadagi moddiy-texnik ta`minot, malakali kadrlar, repertuar siyosati va yoshlarni madaniy jarayonlarga jalb etish bilan bog`liq muammolar ko`rsatilib, ularni bartaraf etish yuzasidan ilmiy-amaliy takliflar ilgari suriladi.
Kalit soʻzlar:
yangi o‘zbekiston, madaniyat muassasalari, madaniyat markazi, transformatsiya, madaniyat va san’at, musiqa-qo‘shiqchilik, milliy madaniyat, ma’naviy makon, yoshlar, ijodiy faoliyat.