`Sharq filologiyasining dolzarb muammolari` mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

BADIIY DISKURSDA YOSH KATEGORIYASINING LINGVISTIK IFODASI

Mualliflar

Bahorov Shahzodxon Jahongirxo'ja o'g'li


Annotatsiya
Tezisda yosh kategoriyasining ingliz va o`zbek badiiy diskursidagi lingvistik ifodasi funksional-semantik maydon nazariyasi asosida tahlil qilinadi. Yosh inson hayotining xronologik o`lchovi bo`lishi bilan birga, ijtimoiy va madaniy baho ham kasb etuvchi antropotsentrik kategoriya sifatida qaraladi. Tadqiqotda bu kategoriyani ifodalovchi vositalar besh darajada tasnif qilinadi: miqdoriy-sintaktik, leksik-semantik, morfologik, frazeologik-metaforik va matn darajasi (nutqiy portret, hikoyachi nuqtai nazari). Qiyosiy tahlil natijasida ikki tildagi umumiy va milliy-madaniy xususiyatlar aniqlanadi. Ular yoshga oid baholash, evfemizatsiya va obrazlilik bilan bog`liq.
Kalit soʻzlar:
yosh kategoriyasi, badiiy diskurs, funksional-semantik maydon, nominatsiya, konnotatsiya, frazeologizm, konseptual metafora, nutqiy portret, ingliz tili, o‘zbek tili.