`Yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamlashtirishning o`rni, muammo va yechimlar` mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

CHARM KORXONALARIDA XOMASHYO TAʼMINOTCHILARINI BAHOLASHNI TAKOMILLASHTIRISH

Mualliflar

B.A. Muradov


Annotatsiya
Tezisda charm korxonalari uchun xomashyo taʼminotchisini tanlashda narx, sifat va sotuv natijasini birgalikda baholash masalasi yoritiladi. Monografiyadagi shartli misol asosida 81,75 ballik reyting qayta hisoblanadi. Sotuv ko`rsatkichiga korxonaning o`zi ham taʼsir qilishi sababli uni taʼminotchi sifati bilan to`g`ridan-to`g`ri tenglashtirish cheklovlari ko`rsatiladi. Yetkazib berish intizomi, qabuldagi sifat va partiyalar kuzatuvchanligiga asoslangan takomillashtirilgan yondashuv taklif etiladi.
Kalit soʻzlar:
xomashyo, taʼminotchi, charm sifati, reyting, kuzatuvchanlik, taʼminot zanjiri.