`Globallashuv davrida raqamli iqtisodiyot, innovatsion tafakkur va ta`lim kompetensiyasi: global fuqarolik sari` mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya

POYABZAL BOZORIDA POTENSIAL TALABNI BAHOLASHDA HISOBLASH CHEGARALARI VA SSENARIY YONDASHUVI

Mualliflar

B.A. Muradov


Annotatsiya
Tezisda poyabzal bozorining potensial talabini aholi soni, shartli isteʼmol meʼyori va o`rtacha narx orqali baholash usuli tahlil qilinadi. Tarixiy maʼlumotlar asosida 83,5133 mln juft va 1 252,6995 mln dollarlik shartli potensial talab hisoblanadi. Mahalliy ishlab chiqarishning ushbu talabga nisbati bozorning qondirilmagan qismiga teng emasligi asoslanadi. Import, eksport va zaxiralar harakatini hisobga olish, ssenariyni ehtimoliy prognozdan ajratish taklif etiladi.
Kalit soʻzlar:
poyabzal bozori, potensial talab, bozor sigʻimi, ssenariy tahlili, isteʼmol meʼyori, mahalliy ishlab chiqarish.