Annotatsiya
Har bir xalqning buguni uning tarixidan boshlanadi. Kechagi kunni unutmagan millatgina bugunining qadriga yetadi va ertangi kunini qanday qurish kerakligini anglaydi. Bizning tariximiz esa ilmga intilgan allomalar, ma`rifat yo`lida kurashgan ziyolilar, Vatan va xalq taqdirini o`z taqdiridan ustun qo`ygan fidoyi insonlarga boy. Ajdodlarimiz biz uchun nafaqat faxr, balki katta mas`uliyat timsolidir. Ularning ilmiy va ma`naviy merosi, hayot yo`li, jasorati hamda ezgu maqsadlari asrlar davomida avloddan-avlodga o`tib kelmoqda. Bugun biz bahramand bo`layotgan tinch va osoyishta hayot, ta`lim olish va o`z iste`dodimizni namoyon etish imkoniyatlari haqida fikr yuritar ekanmiz, bularning qadrini tarixni anglash orqali yanada chuqurroq his qilamiz. Ayniqsa, jadid bobolarimizning ma`rifat yo`lidagi faoliyati alohida e`tiborga loyiq. Ular o`z davrining murakkab sharoitlariga qaramay, xalqning kelajagini ilm va ta`limda ko`rdilar. Yangi usuldagi maktablar tashkil etish, yoshlarni zamonaviy bilimlarga jalb qilish, xalq savodxonligini oshirish va jamiyat tafakkurini uyg`otish yo`lida astoydil harakat qildilar.