OLIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA RAHBARLIK FAOLIYATINI SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA MONITORING QILISH PROGNOZLI TAHLIL IMKONIYATLARI
Mualliflar
Botirov Olim Qodirovich
Annotatsiya
Maqolada oliy ta`lim tashkilotlarida rahbarlik faoliyatini monitoring qilishning nazariy-metodologik asoslari sun`iy intellekt texnologiyalari bilan bog`liq holda tahlil qilinadi. Monitoringning diagnostika, baholash va rivojlantirish bosqichlari, rahbar faoliyatini KPI ko`rsatkichlari asosida baholash imkoniyatlari hamda bashoratli tahlilning boshqaruv qarorlarini qo`llab-quvvatlashdagi o`rni yoritilgan. Xalqaro tajriba qiyosiy tahlil qilinib, O`zbekiston oliy ta`lim tizimida HEMIS infratuzilmasi asosida sun`iy intellektga tayangan monitoringni bosqichma-bosqich joriy etishning ustuvor shartlari aniqlashtirilgan. Natijalar monitoringni nazorat vositasidan rahbarlarning kasbiy rivojlanishini ta`minlaydigan proaktiv boshqaruv mexanizmiga aylantirish zarurligini ko`rsatadi.
Kalit soʻzlar:
oliy ta’lim boshqaruvi, rahbarlik faoliyati, monitoring, KPI, sun’iy intellekt, bashoratli tahlil, raqamli transformatsiya, HEMIS, ta’lim sifati.