ADABIY MEROSNING OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA TALQINI: JURNALISTIKA VA ADABIYOTSHUNOSLIK KESISHMASIDA
Mualliflar
Omonkeldiyeva Maftuna Murodullo qizi
Annotatsiya
Mazkur maqolada adabiy merosning ommaviy axborot vositalarida talqin etilishi keng qamrovda tahlil qilindi. Gazeta, jurnal, televideniye va internet orqali adabiy qadriyatlarning ommaga yetkazilish jarayonlari, jurnalistik janrlarning adabiy merosni targ`ib etishdagi o`rni ko`rsatildi. Adabiyotshunoslik va jurnalistika yondashuvlari taqqoslandi, yoshlarning adabiyotga bo`lgan qiziqishini shakllantirishda OAVning ta`siri hamda xorijiy tajribalar o`rganildi.
Kalit soʻzlar:
Adabiy meros, jurnalistika, adabiyotshunoslik, ommaviy axborot vositalari, intervyu, reportaj, esse, kitobxonlik, yoshlar, media, xorijiy tajriba.