`Innovatsion yondashuvlar va pedagogik nazariya amaliyoti: ta`lim sifatini oshirish istiqbollari` mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

OLIY TA’LIM BOSHQARUVIDA SHARQ VA G‘ARB YONDASHUVLARI INTEGRATSIYASI ASOSIDA KOMMUNIKATIV KREATIVLIK MODELI

Mualliflar

Mamatova Xilola Muxiddinovna


Annotatsiya
Maqolada oliy ta`lim muassasalari rahbarlarining kommunikativ kreativligini boshqarishga doir Sharq va G`arb ilmiy an`analari qiyosiy tahlil qilinib, ularni milliy oliy ta`lim kontekstida uyg`unlashtiruvchi konseptual model taklif etiladi. G`arb yondashuvida individual tashabbus, transformatsion liderlik, natijadorlik va ochiq qayta aloqa ustuvor bo`lsa, Sharq tafakkurida adolat, maslahat, jamoaviy uyg`unlik va ma`naviy mas`uliyat markaziy o`rin egallashi aniqlandi. Qiyosiy-hermenevtik va tizimli tahlil asosida mas`uliyatli tashabbus, dialogik tartib, ma`noli innovatsiya, ilhomlantiruvchi mediatorlik hamda ikki tomonlama hisobdorlikdan iborat besh komponentli integrativ model ishlab chiqildi. Model oliy ta`limda vertikal vakolat bilan gorizontal hamkorlikni muvozanatlashtirish, kreativ g`oyalarni institutsional maqsadlarga bog`lash va rahbarlik samaradorligini natija hamda ijtimoiy mas`uliyat mezonlari orqali baholashga xizmat qiladi.
Kalit soʻzlar:
kommunikativ kreativlik, oliy ta’lim boshqaruvi, Sharq va G‘arb, transformatsion liderlik, maslahat, integrativ model.