`Oliy ta`limda inson va sun`iy intellekt hamkorligi: ta`lim kelajagi` mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman

OLIY TA’LIM RAHBARLARINING KOMMUNIKATIV KREATIVLIGINI DIAGNOSTIKA QILISH VA MONITORING MEZONLARI

Mualliflar

Mamatova Xilola Muxiddinovna


Annotatsiya
Maqolada oliy ta`lim muassasalari rahbar-xodimlarining kommunikativ kreativligini aniqlash va rivojlanish dinamikasini kuzatishga mo`ljallangan ko`p manbali diagnostik-monitoring tizimi asoslanadi. Konstrukt ochiq muloqot, kreativ fikrlash, hamkorlikni tashkil etish, raqamli kommunikatsiya hamda refleksiya va qayta aloqa parametrlariga ajratildi. Standartlashtirilgan so`rov va topshiriqlar ekspert intervyusi, kuzatuv, keys va faoliyat dalillari bilan triangulatsiya qilindi. Pilot sinovda 120 respondent ma`lumotlari asosida ichki muvofiqlik koeffitsienti α=0,89, tasdiqlovchi omil tahlilida CFI=0,92 va RMSEA=0,06 natijalari qayd etildi. Natijalar vositaning monitoring uchun istiqbolli ekanini ko`rsatadi, biroq baholashni jazolovchi attestatsiyaga aylantirmaslik, mahalliy me`yorlarni ishlab chiqish va o`lchov invarianti hamda mezon validligini keyingi bosqichlarda tekshirish zarurligi asoslanadi.
Kalit soʻzlar:
diagnostika, monitoring, kommunikativ kreativlik, psixometrik ishonchlilik, oliy ta’lim rahbari, ko‘p manbali baholash