OLIY TA’LIM RAHBARLARI KOMMUNIKATIV KREATIVLIGINI RIVOJLANTIRISHDA 12 HAFTALIK INTERVENSIYA SAMARADORLIGI
Mualliflar
Mamatova Xilola Muxiddinovna
Annotatsiya
Ushbu maqolada O`zbekistonning uchta davlat universitetida faoliyat yurituvchi 90 nafar rahbar-xodim ishtirokida kommunikativ kreativlikni rivojlantirishga qaratilgan 12 haftalik intervensiyaning samaradorligi tahlil qilinadi. Kvazi-eksperimental oldingi va keyingi test nazorat guruhi dizaynida ishtirokchilar 45 nafardan tajriba va nazorat guruhlariga ajratildi. Dastur divergent fikrlash, innovatsion xulq-atvor, kommunikativ fleksibillik va tizimli yechim topish modullarini qamrab oldi. Statistik tahlilda juft tanlanmalar t-testi, ANCOVA va ta`sir hajmi ko`rsatkichlaridan foydalanildi. Tajriba guruhida umumiy kommunikativ kreativlik o`rtacha bali 3,21 dan 4,08 gacha oshdi; d=1,99 va η²=0,422 katta amaliy ta`sirni ko`rsatdi. Lavozim, ish staji va OTM bo`yicha tahlillar natijaning turli guruhlarda saqlanganini ko`rsatgan bo`lsa-da, kvazi-eksperimental dizayn va uzoq muddatli kuzatuvning yo`qligi sababli xulosalar ehtiyotkor talqin qilinadi.
Kalit soʻzlar:
kvazi-eksperiment, kommunikativ kreativlik, rahbarlar malakasini oshirish, transformatsion liderlik, ANCOVA, ta’sir hajmi